Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
YOSHLAR XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
Sarmich mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2026-yil yanvar oyidagi faoliyati

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2026-yil yanvar oyidagi faoliyati

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari uchun saylov okruglariga chiqish hamda sayyor qabul-uchrashuvlar o’tkazish odamlarning kundalik muammolarini eshitish va qonunlar hayotda qanday ishlayotganini ko‘rish imkoniyatidir.

Joriy yilning yanvar oyida xalq vakillari aholi xonadonlarida, mahallalarda, tadbirkorlik sub’yektlarida, ta’lim va tibbiyot muassasalarida bo‘lib, fuqarolar bilan bevosita muloqotlar olib bordi.

Uchrashuvlarda jamoatchilikning barcha qatlamlari ishtirok etgan: mahalla yettiligi, fermerlar, quruvchilar, tadbirkorlar, yoshlar, nuroniylar. 80 dan ortiq murojaatning har biriga alohida e’tibor qaratildi.

Yanvar oyida deputatlar ishtirokida joylarda jami 20 dan ortiq uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi. Ularda 600 dan ortiq saylovchi qamrab olingan. 

Eng muhimi, qabullar quruq gap bilan cheklanib qolmadi. Deputatlar mahalliy ijro organlari bilan birga ish olib borildi, aholi tomonidan ko‘tarilgan ko‘plab masalalarni amaliy hal etish yuzasidan 30 ta deputatlik so’rovlari chiqarildi. 

Bundan tashqari, targ’ibot tadbirlari ham chetda qolmadi. Deputatlar joylarda tegishli soha vakillari bilan uchrashib, davlat rahbarining Oliy Majlis palatalari va O’zbekiston xalqiga qilgan murojaati, yangi chiqgan qonun va farmonlar, Senat tomonidan tasdiqlangan qarorlar keng jamoatchilikga 38 marta targ’ibotlarni amalga oshirishdi.

✈️@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6