Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tomonidan tumanning “Guliston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi elektr energiyasi ta’minotining bugungi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda masalani ijobiy hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati