Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Og‘ir toifadagi mahallalar – obod mahallalarga aylantiriladi.

 Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 12-Duob saylov okrugidan saylangan deputat Baratov Bahriddin Mo‘minovich tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-49-sonli qarori qabul qilinganligi bo‘yicha Terakli MFYda yashovchi mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida ushbu qaror asosida Terakli mahallasida infratuzilmani rivojlantirish maqsadida 3 milliard soʻm mablagʻ ajratilgani alohida ta’kidlandi. Mazkur mablagʻlar hisobidan mahallada keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Jumladan, o‘quvchilarga qulay sharoit va ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida 72-sonli maktabga 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish uchun 1 milliard 500 million soʻm, Olma va Terakli qishloqlarini bog‘lovchi ichki yo‘llarga 40 metrlik ko‘prik qurish uchun 890 million soʻm, mahallada yashovchi aholini xonadonlarini elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona 250 kv quvvatli transformator o‘rnatish uchun 110 million soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. 

Shuningdek, mahalla markazida zamonaviy xizmat koʻrsatish maskani qurish uchun 500 million soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu maskan aholiga turli xizmatlardan qulay foydalanish imkonini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi ish oʻrinlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuningdek, fuqarolar tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, bogʻdorchilik, chorvachilik va boshqa daromadli faoliyat turlarini kengaytirish orqali oila daromadlarini oshirishga chaqirildi. 

Tumanda amal qilayotgan 12 foiz stavkali imtiyozli kredit mablagʻlari ushbu yoʻnalishlarda faoliyat boshlash va kengaytirish uchun muhim imkoniyat ekani qayd etildi. Uchrashuv yakunida mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlarga minnatdorchilik izhor etdilar. Shuningdek, ular mahalla ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yoʻlida hamjihatlik
bilan mehnat qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.