Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
Nuroniylarimiz xonadonlarimiz fayzi, ularning duosi bilan yurtimiz obod, hayotimiz tinch, dasturxonlarimiz to‘kin. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Haqiqatdan ham qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo‘lsa, bu oilada, albatta, fayz-u baraka, farovonlik, ahillik bo‘lishini barchamiz bilamiz”.

Nuroniylarimiz xonadonlarimiz fayzi, ularning duosi bilan yurtimiz obod, hayotimiz tinch, dasturxonlarimiz to‘kin. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Haqiqatdan ham qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo‘lsa, bu oilada, albatta, fayz-u baraka, farovonlik, ahillik bo‘lishini barchamiz bilamiz”.

Yurtimizda azaldan keksalarga mehr ko‘rsatib kelingan. Xususan, Olmazor tumanidagi Qariyalar uyida istiqomat qiluvchi Nuroniylar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Turdiqul Bobomurotov tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi Qariyalar uyida yashovchi qariyalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning maqsadi – ularning holati, hayot sharoitlari va ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning turmush darajasini yaxshilash yo‘llarini ko‘rib chiqishdan iborat.

Deputat boshchiligida Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o'qituvchilari, hodimlari, volontyor yoshlardan iborat jamoa bilan birgalikda keksa nuroniylar holidan habar olib, qariyalar bilan samimiy suhbatlashdilar. Uchrashuvda, shuningdek, ular uchun yaratilib berilgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma'lumotlar berildi.

Mazkur tadbirda turli hildagi sahna ko'rinishlari va kuy-qo'shiqlar ijro etildi, nuroniylar uchun esdalik sovg'alari topshirilib, ko'ngli ko'tarildi.

Slide 1 of 5