Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar yuzasidan tuman ishchi guruhining hisoboti muhokama qilindi.

📊 Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S. Ibragimov tomonidan batafsil hisobot berildi.

2025-yil 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra:

  • Fuqarolar tashabbusi asosida 14 ta mahallada ichki yo‘llarni asfaltlashtirish loyihalari amalga oshirildi;
  • Loyihalarning umumiy qiymati 20 mlrd 858 mln so‘mni tashkil etdi;
  • Barcha 14 ta loyiha to‘liq yakunlangan.

2025-yil 2-mavsumi doirasida:

  • “Tashabbusli budjet” jarayonida 23 mlrd 293 mln so‘m mablag‘ shakllantirildi;
  • Fuqarolar tomonidan 119 ta taklif bildirildi, shundan 112 tasi keyingi bosqichga o‘tkazildi;
  • Ovoz berish natijasiga ko‘ra 15 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi g‘olib deb topildi (22 mlrd 271 mln so‘m).

🚧 Hozirgi kunda Baxrin, Ko‘ktepa, Qoraqo‘yli va Bog‘ixon mahallalarida asfaltlashtirish ishlari yakunlangan bo‘lib, qolgan hududlarda ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli xulosalar va tavsiyalar bildirildi. 

Slide 1 of 4