Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi

 💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi 

 📋 Sessiya kun tartibida 8 ta masala koʻrib chiqildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 13 dekabrdagi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.    

Tuman prokuraturasi tomonidan 2025 yil davomida Kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar yuzasidan tuman prokurori Hayitov Mirzohid Uralovichning axboroti to‘g‘risida.  

Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida 2025 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Murtazoyev Furqat Turabovichning axboroti to‘g‘risida.  

Davlat organlari va tashkilotlari tuman bo‘linmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2025-yilning 4-chorak yakuni yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Mamadiyev Nodir Xolmurodovichning axboroti to‘g‘risida 

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 16 dekabrdagi “Boysun tumani Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibini tuzish to‘g‘risida”gi VII-2-07-8-110-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish va qayta tasdiqlash to‘g‘risida.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 31 yanvardagi Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini
yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida. 

Boysun tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida. 

  Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 10