Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori bilan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Qarorga ko‘ra, xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2026-yildan boshlab “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etilishi belgilandi.

Kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirlik xodimlari tomonidan Baxmal tuman mahalla yettiligi, fuqarolar hamda faollarga tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3