Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
YOSHLAR XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
Sarmich mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovichning o'z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich o'z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti

Chilonzor tumanining "Kichik Xirmontepa" mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashiga 22-Mehrjon saylov okrugidan saylangan deputat Tuganbekov Oybek Baxrombekovich ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv va axborot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalla raislari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputat amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.

Deputat chorak davomida Chilonzor tuman Kengashi sessiyalarida ishtirok etib, aholini qiynayotgan masalalarni muntazam ko‘tarib kelmoqda hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tashabbuslar kiritib kelmoqda.

️Uchrashuv davomida aholi tomonidan bir qator muammoli masalalar ko‘tarildi. Xususan, mahalla idorasining issiqlik tizimiga ulanishdagi muammo deputat tomonidan joyida hal qilindi.

Yig‘ilish yakunida deputat O. Tuganbekov fuqarolar murojaatlari doimo nazoratda bo‘lishini, har bir muammo tizimli ravishda hal etib borilishini ta’kidladi.