Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
YOSHLAR XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
Sarmich mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari
янв.21
Fuqarolar qabuli
янв.21
Qo‘riq qishlog‘i aholisiga qonun targ'iboti bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Balandchaqir MFYda joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarishlash xizmati ko‘rsatish uyiga tashrif
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

#Munosabat

Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

O‘zbekiston ta’sischi davlatlardan biri sifatida ushbu tuzilma faoliyatiga qo‘shilar ekan, eng avvalo, milliy xavfsizlik manfaatlarini kengroq mintaqaviy barqarorlik bilan uzviy bog‘lamoqda.

Yaqin Sharqdagi mojarolar va gumanitar inqirozlar bir hudud bilan cheklanib qolmaydi, ularning oqibatlari radikallashuv, ekstremistik tarmoqlarning faollashuvi, noqonuniy migratsiya va transmilliy tahdidlar ko‘rinishida butun mintaqalarga tarqaladi.

Shu ma’noda, G‘azo atrofidagi keskinlikni kamaytirish va barqaror siyosiy yechim topishga qaratilgan xalqaro formatda ishtirok etish O‘zbekiston uchun — o‘z xavfsizligini oldindan mustahkamlash, tahdidlarni ildizida jilovlash va tinchlikni amaliy instrumentlar orqali qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Bu tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosat tamoyillariga mos, vazifalari bizning manfaatlarimiz bilan uyg‘un. Eng muhimi, mintaqada mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda manfaatli loyihalar, gumanitar sa’y-harakatlar va barqarorlikni mustahkamlovchi kelishuvlarga qiziqishimiz mavjud.

Bu qadam yana bir muhim haqiqatni anglatadi, O‘zbekiston xalqaro maydonda endi kuzatuvchi emas, mas’ul va faol ishtirokchi sifatida tan olinmoqda. Bu a’zolik ishonch va hurmatning siyosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakatimizning muvozanatli, pragmatik va tinchlikparvar diplomatiyasi tobora kuchayib borayotganini tasdiqlaydi.

Biz bu jarayonga tenglik va o‘zaro hurmat asosida, xalqaro sheriklar bilan birga yechimlar izlash, mojarolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish va barqarorlikka real hissa qo‘shish uchun kirmoqdamiz. Chunki tinchlikni ta’minlash—xavfsizlik, taraqqiyot va inson manfaatini himoya qiladigan aniq siyosiy mas’uliyatdir.