Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
#deputat_hududda

 Deputat Shaxlo Ko‘chimova davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi.

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashiga 22-Yonariq saylov okrugidan saylangan deputat Shaxlo Ko‘chimova o‘z deputatlik faoliyati doirasida saylov okrugi hududida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, muassasa faoliyatini yaqindan o‘rgandi. 

🔍 Tashrif davomida deputat, avvalo, markaz orqali aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, ularning o‘z vaqtida va belgilangan tartibda amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratdi. Unda
fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini ta’minlash jarayonlari tahlil qilinib, amaldagi tartiblar bilan uyg‘unligi o‘rganildi.
 

🔍 Shuningdek, deputat muassasa binosida murojaatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Kutuv zali, elektron navbat tizimi, axborot stendlari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan
infratuzilma hamda fuqarolarga qulaylik yaratadigan boshqa jihatlar ko‘zdan kechirildi. Markaz xodimlarining ish joylari, xizmat ko‘rsatish madaniyati va mehnat sharoitlari ham diqqat markazida bo‘ldi.

🔍 Tashrif chog‘ida Shaxlo Ko‘chimova davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan suhbatlashib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar, xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini tingladi. Ayrim xizmat turlariga bo‘lgan talab yuqoriligi, fuqarolarning raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi va bu borada aholining huquqiy ongini oshirish masalalari muhokama qilindi. 

🔍 Deputat o‘z navbatida, davlat xizmatlari markazlari aholi bilan davlat o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in ekanini ta’kidlab xizmatlar sifatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirish doimiy e’tiborda bo‘lishi lozimligini qayd etdi. 

 🔍 Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanishi ma’lum qilindi. 

🔍 Deputat Shaxlo Ko‘chimovaning mazkur o‘rganishlari saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, aholiga qulay va samarali davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biridir.  

Slide 1 of 3