Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
Mirobod tumanida ochiq qabuli bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot va loyihalarning asosiy maqsadi — inson qadrini ulug‘lash, xalq roziligini ta’minlash va aholi uchun qulay turmush sharoiti yaratishdir. Shuningdek, barcha darajadagi rahbarlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va ularni yechimsiz qoldirmaslik vazifasini bajarmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash raisi - tumani hokimi Anvar Sayfutdinov tuman xalq qabulxonasida 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etgan sayyor qabul o‘tkazdi. 

Qabul davomida aholidan uy-joy masalalari, moddiy yordam, yotoqxonadan xona ajratish, obodonlashtirish ishlari, mahalla raisi saylovi kabi bir qator yo‘nalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli idora va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar esa joyidayoq hal etilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Slide 1 of 10