Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

  Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

    2025-yil 29-dekabr kuni Tuman hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan deputatlar, tashkilot va bo‘limlari ishtirokida xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining o'n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

    Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi raisi o‘rinbosari sessiyasini Mamashukurov Olimjon Qayumovich olib bordi. 

     Sessiya ishida dastlab, хalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. 

     Ovoz berish yakuniga ko‘ra, “20-Ozod” saylov okrugidan saylangan deputat Saidov Ikram Yaxshiboyevich - Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashi raisi etib bir ovozdan saylandi. 

      Sessiya ishida, Sho‘rchi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimi Ishmurzoyev Akbarali Abdujabbarovichning hisoboti eshitildi. 

      Shuningdek, Sho‘rchi tumanining 2026-yilgi mahalliy budjeti tasdiqlandi. Sessiya ishida jami 13 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi va bir ovozdan ma'qullandi.  

Slide 1 of 1