Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot – Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati T. Mirzayev tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi va deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Deputatlik nazorati jarayonida hududda ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholining toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlanishini yaxshilash, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalari Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4