Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha nazorat
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
“Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” tanlovining g‘oliblari aniqlandi
янв.21
Deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT YO‘LIGA TO‘SIQ
Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

 Har bir davlat va jamiyatning o‘ziga xos qonunlari va tartib-tamoyillari mavjud bo‘ladi. Agar barcha uchun majburiy bo‘lgan huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bunday davlat va jamiyatning ham kelajagi bo‘lmaydi. Qonunlar yaxlit holda esa bosh qonun, ya’ni Konstitutsiya asosida yaratiladi va qabul qilinadi. Xo‘sh, Konstitutsiya o‘zi qanday hujjat? Konstitutsiyaning dunyo bo‘ylab yaratilishidan maqsad - inson huquqlarini amalga oshirish uchun kafolatlarni ta’minlash, insonni davlat, uning mansabdor shaxs­larining huquqqa zid xatti-harakatlaridan himoya qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham Konstitutsiyada nima himoya qilinishiga qarab, mazkur davlatning qanday davlat ekanligini bilib olish mumkin. Konstitutsiya bu - ijtimoiy shartnoma, ya’ni xalq va davlatning huquq va majburiyatlari aks etgan ahdnoma hisoblanadi. Oddiy yo‘l harakati qoidalarida svetofor qanday vazifani bajarsa va u ishlamay qolgan hollarda qanday tartibsizlikning guvohi bo‘ladigan bo‘lsak, Konstitutsiya ishlamasa mamlakat miqyosida qanday tartibsizlik bo‘lishi mumkinligini xayolga keltirish mumkin. Konstitutsiya boshqa hujjatlardan o‘zining oliy yuridik kuchga egaligi, barcha darajadagi organlardan ustunligi, fuqaro, jamiyat va davlat oldiga maqsad qo‘yishi bilan farq qiladi. Konstitutsiyalarning tuzilishi, asosan millat oldida turgan maqsadlar - asosiy prinsiplar - huquq va majburiyatlar - ijro mexanizmlarini o‘z tarkibiga oladi. Yangilangan Konstitutsiyada xalqimiz takliflari asosida moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi, ya’ni asosiy Qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz ­takliflari asosida yangilandi. Xalq demokratik partiyasining elektorati O‘zbekiston - ijtimoiy davlat deb belgilanayotganini o‘z dasturiy maqsadlarining
amalga oshishi deb hisoblagan holda ijtimoiy davlat prinsipi
o‘z ifodasini topishga erishdi. Xususan, mehnatga haq to‘lashning
eng kam miqdori insonning munosib yashashini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishi, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi, fuqarolarning
kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi, har kim ishsizlikda ijtimoiy ta’minot huquqiga egaligi, har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining
huquqlari ­davlat himoyasiga olinishi, davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi shular jumlasidandir.
Erkin va farovon, tinch hamda osoyishta hayot osmondan tushmaydi, uning uchun kurashish kerak. Ayrimlar orzu qilgan buyuk davlatlarni o‘sha yurtning buyuk, matonatli xalqi barpo etgan. 

   Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov