Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha nazorat
“Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri”

“Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri”ga bag‘ishlangan TDTU va Koreya Universiteti hamkorligida tashkil etilgan 12- Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari Turdiqul Bobomuratov, Feruza Salomova va Shaxnoza Umarxodjayevalar ishtirok etishdi. 

Anjumanda Toshkent davlat Tibbiyot universiteti olimlari Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qoraqalpagiston va Rossiyaning yetakchi olimlari bilan Iqlim oʻzgarishi va uning aholi salomatligiga taʼsiri, ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan dolzarb muammolar borasida fikr almashdilar.

Mamlakatimizda uch yil avval “☘️Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlandi. Qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishildi. Respublikamizda atrof-muhitni asrash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalaga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “Yashil qtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 4