Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha nazorat
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
“Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” tanlovining g‘oliblari aniqlandi
янв.21
Deputatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT YO‘LIGA TO‘SIQ
“Uyma-uy” loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtojlar e’tiborda:

“Uyma-uy” loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtojlar e’tiborda:

Joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Termiz tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari tuman kengashi deputati G. Shafoatova hamda mahalla yettiligi vakillari “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan birining holidan xabar olishdi.

Uchrashuv davomida 1971-yilda tug‘ilgan, II-guruh nogironi U. Doniyorovaning yashash sharoiti, sog‘ligi va ijtimoiy holati o‘rganildi. Uchrashuv chog‘ida nogironligi sababli kundalik turmushda qiynalayotgani, uyda ko‘makka muhtojligi aniqlandi.

Holat o‘rganilgach, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan U. Doniyorovaga bir million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, uning harakatlanishini yengillashtirish maqsadida maxsus “Xodunog” yurish moslamasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yordam tariqasida yetkazib berildi.

Mazkur tashrif davomida aniqlangan muammolar asosida takliflar ishlab chiqildi. Deputat G. Shafoatova tomonidan muammolar yechimi yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Bu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam berish, ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘lib, “Uyma-uy” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarga yaqqol misol bo‘la oladi.

Slide 1 of 3