Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosi
doirasida mahalladagi kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarning
bajarilishi o‘rganildi. Jarayonda hokim yordamchisi A. Soatovning ish faoliyati
tahlil qilindi. Tadbirda deputat D. Komilova ham ishtirok etib, amalga
oshirilgan ishlar samaradorligini baholadi.
Oktabr oyida 10 nafar fuqaroga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi orqali imtiyozli kredit
olish uchun tavsiyalar berildi va ushbu kreditlar hisobidan ularning bandligi
ta’minlandi. Deputat mazkur natijalarni ijobiy baholab, individual yondashuvni
yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.