MAHALLALARDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
🇺🇿 Pastdarg‘om tumanida aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
👍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Pardayev 1-Go‘zalkent saylov okrugiga qarashli Go‘zalkent mahallasiga bordi.
🏠 Mahallalardagi “mahalla yettiligi” faoliyati, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🌐 Shuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoitlari, kundalik muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.
💬 Fuqarolar bilan samimiy muloqotlar davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirish orqali kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
✅ Har bir xonadonning holatini manzilli o‘rganish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ularning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.