"YANGI OʻZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA": OBODLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
Oʻrganish manzili va ishtirokchilar:
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Anvar Bekchanov hamda Tuman Kengashi huzuridagi "Ekspert" guruhi masʼul kotibi P.Raxmanov Yangi zamin mahallasida boʻldilar.
Oʻrganish maqsadi:
"Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturi doirasida mahalla hududidagi "Oʻzbekiston" koʻchasi asfaltlashtirilishi va bajarilgan yoʻl-qurilish ishlarining sifati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Natija:
Dastur doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini sifatli hamda oʻz vaqtida yakunlash yuzasidan deputatlik va ekspertlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.