Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish tadbiri Mazkur tadbir Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqovlar tomonidan “Xidirsho” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan: hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4