Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
Ijtimoiy yordam choralari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputati G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish doirasida Charxiy ko‘chasi, 25-uy, 36-xonadonda yashovchi S.Mamatqulova xonadoniga tashrif buyurildi. Fuqaro bilan suhbat davomida oilaning ijtimoiy sharoiti va ehtiyojlari bilan tanishilib, unga ko‘rsatilayotgan yordamlar haqida ma’lumot olindi.

Aniqlanishicha, S.Mamatqulova oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher ajratilib, oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun ko‘mak berilgan.

Mazkur tashrif davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, oilalarning turmush sharoitini o‘rganish va ularga ko‘rsatilayotgan yordamlar bilan tanishishga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3