Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
🔽Shakar miqdori aniq ko‘rsatilishi — salomatlikni asrash yo‘lidagi muhim qadam

🔰#munosabat

🔽Shakar miqdori aniq ko‘rsatilishi — salomatlikni asrash yo‘lidagi muhim qadam

♦️Ichimliklar qadoqlarida shakar miqdorini ko‘rsatuvchi ogohlantiruvchi tamg‘alarni joriy etish tashabbusi aholi salomatligini muhofaza qilish va iste’mol madaniyatini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
♦️Ayniqsa, iste’molchilar mahsulot tarkibi haqida aniq va tushunarli ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z salomatligi uchun ongli tanlov qilishi muhim. Shakar miqdorining yuqoriligi haqida ko‘zga yaqqol tashlanadigan yozuvlar fuqarolarga ichimliklarni tanlashda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
♦️Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, bunday tartibning samaradorligi nafaqat ogohlantiruvchi yozuvlarda, balki aholining sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha bilimlarini oshirish, ishlab chiqaruvchilarning mas’uliyatini kuchaytirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan ham chambarchas bog‘liq.
♦️Eng muhimi, mazkur tashabbus jamoatchilik fikri va mutaxassislar tavsiyalari asosida puxta ishlab chiqilib, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi lozim.

👉Ahmadov Behruz,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt