Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun 51-sonli DMTTda qonun ijrosi va bolalar oziq-ovqat xavfsizligi nazorat etildi
янв.21
#19_1_modda_ijrosi 25-chiqindi yigʻish maydonchasida oʻrganish
янв.21
#19_1_modda_ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat va hokim o‘rinbosari hamkorligida o‘rganildi
янв.21
Zarbdor mahallasida kriminogen vaziyat va xavfsiz muhit oʻrganildi
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat eʻtiborida
янв.21
«Davlat tili haqida»gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi o‘rganishlar boshlandi
янв.21
Sessiya oldi Tuman soliq inspeksiyasida fuqarolar murojaatlari oʻrganildi
янв.21
Og‘ir axvolga tushib qolgan ayolga ijtimoiy ijara uyi ajratishda amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar: Soliq sohasidagi ishlar va tushumlar tahlil qilindi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 SHEROBOD TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


📝 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Majlisda xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasi rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

✅ Majlis davomida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5