Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun 51-sonli DMTTda qonun ijrosi va bolalar oziq-ovqat xavfsizligi nazorat etildi
янв.21
#19_1_modda_ijrosi 25-chiqindi yigʻish maydonchasida oʻrganish
янв.21
#19_1_modda_ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat va hokim o‘rinbosari hamkorligida o‘rganildi
янв.21
Zarbdor mahallasida kriminogen vaziyat va xavfsiz muhit oʻrganildi
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat eʻtiborida
янв.21
«Davlat tili haqida»gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi o‘rganishlar boshlandi
янв.21
Sessiya oldi Tuman soliq inspeksiyasida fuqarolar murojaatlari oʻrganildi
янв.21
Og‘ir axvolga tushib qolgan ayolga ijtimoiy ijara uyi ajratishda amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar: Soliq sohasidagi ishlar va tushumlar tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi manzilli o‘rganish ishlari 5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, Marg‘ilon shahar hokimi E. Rustamov tomonidan “Xo‘japorso” mahallasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari va mavjud ehtiyojlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor oilalarning muammolarini aniqlash bilangina cheklanmay, ularni hal etishning aniq yo‘llarini belgilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash imkoniyatlariga qaratildi.

Ayniqsa, vaqtincha ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash masalasi o‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularning iqtisodiy faolligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Zero, kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmaydi. Uning samarali yechimi — oilalarning o‘z daromadini shakllantirishi, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi va barqaror iqtisodiy mustaqillikka erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Shu bois har bir oilaning holatidan kelib chiqib yondashish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish va muammolarni manzilli hal etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik faoliyatining aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga qaratilgan muhim yo‘nalishlaridan biridir. Eng muhimi, fuqarolarning murojaat va ehtiyojlarini joyida o‘rganish orqali tegishli masalalarga bevosita e’tibor qaratish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish hamda natijadorlikka erishish ko‘zda tutiladi.

Slide 1 of 5