Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_eng_muhim_qonun 51-sonli DMTTda qonun ijrosi va bolalar oziq-ovqat xavfsizligi nazorat etildi
янв.21
#19_1_modda_ijrosi 25-chiqindi yigʻish maydonchasida oʻrganish
янв.21
#19_1_modda_ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat va hokim o‘rinbosari hamkorligida o‘rganildi
янв.21
Zarbdor mahallasida kriminogen vaziyat va xavfsiz muhit oʻrganildi
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat eʻtiborida
янв.21
«Davlat tili haqida»gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi o‘rganishlar boshlandi
янв.21
Sessiya oldi Tuman soliq inspeksiyasida fuqarolar murojaatlari oʻrganildi
янв.21
Og‘ir axvolga tushib qolgan ayolga ijtimoiy ijara uyi ajratishda amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar: Soliq sohasidagi ishlar va tushumlar tahlil qilindi
“Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganilmoqda

 “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan tumanda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 O‘rganishlar doirasida ishchi guruh a’zolari Pastdarg‘om tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib, tashkilotda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash, xodimlarning bu boradagi majburiyatlari, tegishli hujjatlarning yuritilishi hamda qonun talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
🤝 Korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va qonuniylikni ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 2