Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: amaliy masala o‘z yechimini topmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologik masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. Turayev hamda tuman Suv ta’minoti bo‘limi mutaxassislari hamkorligida Charxin mahallasidagi Ko‘ktosh qabristoni hududida suv ta’minoti bilan bog‘liq masala o‘rganildi.
💎 O‘rganish davomida hududdagi suvga bo‘lgan ehtiyoj va mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, masalani amaliy hal etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi.
💧 Natijada Ko‘ktosh qabristoni hududiga suv chiqarish ishlari amalga oshirildi.
👍 Mazkur ishlar doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududdagi mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni amaliy hal etishga qaratilgan.
📱 Maqsad — aholi va ijtimoiy obyektlarning suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish.