Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI

DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati S. Gapparova tomonidan o‘z saylov okrugidagi 30-sonli umumta’lim maktabida 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berish tadbiri o‘tkazildi. Unda deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan olib borilgan muloqotlar, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar bilan ishlash yuzasidan axborot berildi.

Hisobotda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, saylovchilar murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, muammolar yuzasidan amaliy choralar belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim vazifalari ekani ta’kidlandi.

Deputatning faoliyati “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 

24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar” asosida ko‘rib chiqilib, saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, aholi manfaatlarini ifodalash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga munosabat bildirish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish kabi yo‘nalishlarning ahamiyati yoritildi.

Shu bilan birga, Kengash doimiy komissiyalari kesimidagi 162 ta qonun hujjati taqsimoti doirasida deputatlik faoliyatiga tegishli qonunchilik talablarini o‘rganish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish va ularning joylarda ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholi murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalari sifatida qayd etildi.

Tadbir davomida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan belgilangan tartibda ish olib borish hamda ijro holatini nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Saylovchilar oldidagi hisobotlar deputatlik faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini ifodalash hamda hududlarda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4