Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Husanboyev tomonidan Shodlik mahallasida yoshlarning kasbiy rivojlanishi, bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarni an’anaviy kasblar bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar, axborot texnologiyalari, grafik dizayn, dasturlash, elektron tijorat, zamonaviy xizmat ko‘rsatish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga jalb etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Zero, bugungi yosh uchun kasb tanlash — faqat ish topish masalasi emas. Bu uning kelajakdagi daromadi, mustaqilligi, jamiyatdagi o‘rni va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim tanlovdir. Shu bois yoshlarning qiziqishi va qobiliyatini erta aniqlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda o‘qishdan amaliy faoliyatga o‘tishiga ko‘maklashish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlashda faqat mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish bilan cheklanmasdan, o‘zini o‘zi band qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni boshlash, masofadan turib ishlash hamda raqamli platformalar orqali daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ayniqsa, kelgusida mehnat bozorida yangi kasblar va yangi ish shakllari tobora ko‘payib borishini hisobga olib, yoshlarning doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini yangilab borishi, chet tillarini o‘rganishi, raqamli savodxonligini oshirishi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi zarurligi ta’kidlandi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ham mazkur jarayonning muhim qismi sifatida ko‘rib chiqildi. Ularni sport, kitobxonlik, intellektual o‘yinlar, ijodiy to‘garaklar, IT va boshqa rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga jalb etish orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini kelajakdagi ta’lim va kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatga aylantirish zarurligi qayd etildi.

💫 O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlashda har bir yoshning qiziqishi, qobiliyati va kelajakdagi rejasidan kelib chiqib individual yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

💫Shuningdek, yoshlarning kasb egallashi, bandligi va kelajakdagi rivojlanishiga xizmat qiladigan loyihalarni mahalla darajasida kengaytirish, mavjud imkoniyatlarni yoshlar uchun yanada ochiq va qulay qilish hamda bu boradagi ishlarning amaliy natijadorligini muntazam tahlil qilib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 2