Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Har bir murojaat e’tiborda: Deputat U. Aripova fuqarolarning muammolarini shaxsan oʻrgandi
янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Aholi muammosi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi qurilishi boshlandi!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat e’tiborida
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
янв.21
"Fayzli" okrugidagi amaliy oʻrganishlar
“QO‘SHTEGIRMON 1” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘inida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash hamda aholini daromadli mehnat bilan band qilish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda “Guliston” mahallasida Ijtimoiy reyestrda 98 nafar fuqaro ro‘yxatda turibdi. Ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini bartaraf etish hamda hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

✅ Shuningdek, deputat ko‘magida 2 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu kabi tashabbuslar fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish, ularning muammolarini imkon qadar o‘z vaqtida hal etish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ O‘rganish yakunida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, har bir murojaatga individual yondashish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 2