Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Har bir murojaat e’tiborda: Deputat U. Aripova fuqarolarning muammolarini shaxsan oʻrgandi
янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Aholi muammosi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi qurilishi boshlandi!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat e’tiborida
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
янв.21
"Fayzli" okrugidagi amaliy oʻrganishlar
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi

#tuman_hokimi
Nurobod tumanining Oqsoy mahallasida aholi va yoshlar uchun yana bir muhim ijtimoiy obyekt — zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Mahalla fuqarolari Maxmudov Jumaboy hamda uning farzandlari K.Maxmudov va J.Maxmudovlarning homiyligi asosida barpo etilgan, qiymati 2 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur sport majmuasi mahallada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va iqtidorli sportchilarni kashf etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

O‘z mablag‘lari hisobidan mahalla yoshlari uchun zamonaviy sport majmuasini qurib, foydalanishga topshirish tashabbusi yurt ravnaqi, yoshlar kelajagi va jamiyat farovonligiga qo‘shilgan munosib hissadir.

Bunday ezgu ishlar mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda aholi o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Sport majmuasining ochilish marosimida Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ishtirok etib, yig‘ilganlarni ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi. Tuman rahbari yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sportni rivojlantirish va homiylik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Shuningdek, tuman hokimi majmuaning bunyod etilishiga munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor homiylarga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbirda tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari va soha mutaxassislari, fuqarolar, sporchi yoshlar ham ishtirok etib, yangi sport majmuasining ochilishini olqishladilar.

Yangi sport majmuasida sportning kurash, dzyudo, sambo, og‘ir atletika va badiiy gimnastika turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish imkoniyati mavjud.

Mazkur majmua orqali 500 nafardan ortiq yoshni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish uchun sharoit yaratilgan. Bu esa yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va kelgusida turli musobaqalarda munosib natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.

Oqsoy mahallasida foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi yuzlab yoshlarning orzu-maqsadlariga yo‘l ochib, kelajakda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilar yetishib chiqishiga xizmat qiladi!

Slide 1 of 8