Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Har bir murojaat e’tiborda: Deputat U. Aripova fuqarolarning muammolarini shaxsan oʻrgandi
янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Aholi muammosi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi qurilishi boshlandi!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat e’tiborida
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
янв.21
"Fayzli" okrugidagi amaliy oʻrganishlar
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan Parkent tumani Adliya bo‘limida uchrashuv o‘tkazildi.
🟢 Uchrashuv davomida deputat Adliya bo‘limi rahbari Azizov Umid Maxsudovich bilan norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, yangi qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
⚖️ Suhbat davomida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonida qonuniylik, huquqiy asoslanganlik hamda aholining manfaatlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, hududda uchrayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish, mavjud muammolar yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va ularni qonunchilikni takomillashtirish jarayonida hisobga olish masalalariga e’tibor qaratildi.
📚 Qonunchilik targ‘iboti — huquqiy madaniyat yuksalishining muhim omili.
Yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini aholiga sodda, tushunarli va hayotiy misollar asosida yetkazish, fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
📌 Shu maqsadda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi:
🔹 yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish;
🔹 aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
🔹 fuqarolarning murojaatlari va hayotiy muammolarini o‘rganish asosida qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
🔹 deputatlik faoliyati va adliya organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
🔹 normativ-huquqiy hujjatlarning amaliy ijrosi va ularning aholi hayotidagi ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
✅ O‘zaro hamkorlik — samarali qonunchilik va yuksak huquqiy madaniyat garovi!
‼️ Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish orqali hududda qonun ustuvorligini mustahkamlash, aholining huquqiy bilimlarini oshirish hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladigan huquqiy tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 3