Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Har bir murojaat e’tiborda: Deputat U. Aripova fuqarolarning muammolarini shaxsan oʻrgandi
янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Aholi muammosi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi qurilishi boshlandi!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat e’tiborida
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
янв.21
"Fayzli" okrugidagi amaliy oʻrganishlar
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

#24_ta_masala

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Nurobod tumaniga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda istiqboldagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-son qarori ijrosi doirasida Nurobod tumanining Nurbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Nurbuloq” shaharchasini zamonaviy kurort shaharchasiga aylantirish maqsadida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Hududda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish, dam olish maskanlarini tashkil etish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan loyihalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Xususan, tashrif davomida favvora qurilishi, vorkaut maydonchasi, salomatlik yo‘lagi hamda bolalar maydonchasini barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektlarning qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishdagi o‘rni va kelgusida aholi uchun yaratadigan imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi, loyihalarda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda yaratilayotgan infratuzilmaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan obyektlarning qurilish holati, mavjud vazifalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

“Nurbuloq” shaharchasini zamonaviy kurort hududiga aylantirishga qaratilgan ushbu loyihalar hududning turistik salohiyatini oshirish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda tuman infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7