Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tashabbusi bilan Bek-To‘pi mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbirda Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va tuman prokurori Taxirjon Xusanov ham ishtirok etib, hududda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlariga hissa qo‘shdilar.
Shuningdek, mahalla hududida tozalikni ta’minlash, atrof-muhitni obodonlashtirish va hududni yanada ko‘rkamlashtirish ishlari olib borildi.
Bunday tadbirlar mahallalarda obodlikni ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
🌿 Obod mahalla — farovon hayot garovi!