Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tumanimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Asosiy diqqat markazida:
Mahallabay va idoralar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
Huquq-tartibot idoralari va mas'ul tashkilotlarning o'zaro hamkorligini yanada kuchaytirish;

Jamoatchilik nazoratini samarali yo'lga qo'yish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalari turdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglanib, aniq vazifalar belgilab berildi. Komissiya a'zolari tomonidan kelgusidagi ustuvor yo'nalishlar yuzasidan takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.