Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Har bir murojaat e’tiborda: Deputat U. Aripova fuqarolarning muammolarini shaxsan oʻrgandi
янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Deputat va saylovchilar muloqoti: Muammolar oʻrganilib, amaliy yechimlar izlanmoqda
янв.21
Aholi muammosi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi qurilishi boshlandi!
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Aholi muammolari va hudud obodonchiligi deputat e’tiborida
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi
янв.21
"Fayzli" okrugidagi amaliy oʻrganishlar
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Boburshoh mahallasida istiqomat qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor Mukarram Isomiddinovaning chorvachilik yo‘nalishidagi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkor ayni paytda 100 bosh qo‘y va 30 bosh qoramol parvarishlab, chorvachilikni rivojlantirib kelmoqda. Xo‘jalikda qo‘ylarning to‘rt xil zoti mavjud bo‘lib, ular orasida zotdor Arashan va Hisor qo‘ylari ham bor.

Chorva mollarini parvarishlashda ilg‘or tajribalar va samarali usullardan foydalanilayotgani e’tiborga molik.

Mukarram Isomiddinova qo‘ychilik yo‘nalishida Bolgariya tajribasini amaliyotga tatbiq etib kelmoqda.

Ushbu mamlakatda malakasini oshirgan tadbirkor orttirgan bilim va ko‘nikmalarini xo‘jaligini rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash hamda mahsuldorlikni oshirishga yo‘naltirmoqda.

Shuningdek, tadbirkor kelgusida Bolgariyadan yana 100 bosh zotdor qoramol olib kelishni rejalashtirgan.

Mazkur tashabbus xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, chorva mollari sonini ko‘paytirish va chorvachilik sohasidagi imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tashrif davomida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, chorvachilikni rivojlantirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va ilg‘or xorijiy tajribani mahalliy sharoitga joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-328-son, 2012-yil 2-may) talablaridan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
 

Slide 1 of 11