👤 18-Boston saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov mahalla raisi bilan birgalikda Guliston mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🚶♂️ O‘rganish davomida davlat dasturi doirasida piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda 🌙 tungi yoritish tizimini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.