Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “22-Bag‘dod” saylov okrugi deputati O.Maxmudov hududidagi “Mexnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar bilan birgalikda “Mexnatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.
🟢 O‘rganishlar davomida “Baxt nuri” ko‘chasida yashovchi fuqarolar O.O‘rinova, N.Abdulqosimovalar bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🟢 Suhbat davomida fuqaro tomonidan “Baxt nuri” ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlash masalasida murojaat bildirildi.
🟢 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.