Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi: Fuqaroning huquqlari
янв.21
Yanihayot tumanida "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoniga nomzodlarni saralash boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi
янв.21
Deputat X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
"Хўжа Учқун" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
"14-Chorbogʻ" okrugi deputati X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi va muhokama qilindi
янв.21
Deputat B. Erkaboyev oʻz saylov okrugida
янв.21
Deputat I.Xudaykulov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan oʻzi saylangan okrugda xizmat koʻrsatayotgan “Yangi hudud BK” MCHJ rahbari B.Javliyeva bilan muloqot oʻtkazdi
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy profilaktika va xavfsiz muhit masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 28-iyuldagi VII-23-67-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, manzilli profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni davom ettirish maqsadida hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur vazifalar doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Saxovat” mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektori faoliyati tahlil qildilar.

O‘rganish jarayonida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan individual ishlash, muammoli oilalar, yoshlar va ijtimoiy xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-son Qonuni huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etishni profilaktikaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilaydi.

Shu nuqtayi nazardan, mahallada jinoyatchilikning oldini olish faqat huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bilan ishlash bilangina cheklanmasdan, ishsizlik, oilaviy nizolar, ijtimoiy muammolar, nazoratsizlik va boshqa xavf omillarini barvaqt aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish asosida tashkil etilishi lozimligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi RP–1-son qarori bilan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yaxlit va manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilangan. Hujjatda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish va xavf guruhidagi shaxslar bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy profilaktika mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining o‘zaro hamkorligi asosida olib borilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, “Saxovat” mahallasida profilaktika inspektori faoliyatini baholashda nafaqat huquqbuzarliklar statistikasi, balki aholi bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni aniqlash, ijtimoiy-maishiy muammolarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning hal etilishini nazorat qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Profilaktika inspektori faoliyatida manzilli profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish, mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.