“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
“Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Uchrashuvda Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati M.Durdibayev hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Beruniy tumani bo‘limi xodimi ishtirok etib, tadbirkorlikka qiziqishi bo'lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot qildilar
Muloqot davomida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi
Deputat M.Durdibayev tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish yo‘lidagi huquqiy to‘siqlarni bartaraf etish, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida har doim ko‘makka tayyorligini bildirdi
Bank imtiyozlari: “Biznesni rivojlantirish banki” vakili tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan kredit liniyalari, imtiyozli foiz stavkalari, biznesni raqamlashtirish va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi