Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi: Fuqaroning huquqlari
янв.21
Yanihayot tumanida "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoniga nomzodlarni saralash boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi
янв.21
Deputat X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
"Хўжа Учқун" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
"14-Chorbogʻ" okrugi deputati X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi va muhokama qilindi
янв.21
Deputat B. Erkaboyev oʻz saylov okrugida
янв.21
Deputat I.Xudaykulov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan oʻzi saylangan okrugda xizmat koʻrsatayotgan “Yangi hudud BK” MCHJ rahbari B.Javliyeva bilan muloqot oʻtkazdi
Ijtimoiy ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi

Ijtimoiy ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining ishsizlarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Maxamatqulovalar hamkorlikda tumandagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

📌Muhokama davomida ijtimoiy ehtiyojmand aholi toifalariga kiruvchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ular uchun munosib va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda bandligini ta’minlash maqsadida ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ularni zaxiraga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌2027-yilda mazkur toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun korxona va tashkilotlarda mavjud imkoniyatlarni o‘rganish, ish o‘rinlarini belgilangan tartibda zaxiraga qo‘yish hamda bandlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4