Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_fuqaro_qabuli   📌 Har bir murojaat eʻtiborda: Deputat X. Tillayev fuqaroning muammosini shaxsan oʻrgandi
янв.21
📌 Aholi muammolari eʼtiborsiz qoldirilmaydi: Yangihayotda aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi!
янв.21
“Inson qadri uchun” -Deputat, tuman hokimi X.Inogamov navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining sport inventarlarini oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining tashabbusi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi quriladi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
📌 Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda: Deputat va masʻullar hududda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2025-yil 21-iyundagi 1-14-220-F/25-sonli farmoyishi ijrosi taʼminlanmoqda
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibidan aholi farovonligini ta’minlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar o‘rin oldi.

Kun tartibida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Tuman prokurorining xavfsiz muhitni yaratish, qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha hisoboti;
🔹 Mahalliy budjetning 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish masalasi;
🔹 Tumanda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar holati;
🔹 Yoshlar ishlari bo‘limining hisoboti;
🔹 “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Suv ta’minoti” hamda “Yunusobod-Maxsustrans” korxonalarining 9 oylik faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik choralari;
🔹 Xalq qabulxonasi axboroti hamda doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalalari.

✅ Yig‘ilishda mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglanib, deputatlarning taklif va mulohazalari atroflicha muhokama qilindi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrochilar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2