Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi: Fuqaroning huquqlari
янв.21
Yanihayot tumanida "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoniga nomzodlarni saralash boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi
янв.21
Deputat X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
"Хўжа Учқун" mahallasida yer va koʻchmas mulk masalalariga bagʻishlangan oʻrganish va muloqot oʻtkazildi
янв.21
"14-Chorbogʻ" okrugi deputati X. Kuchkarova oʻz hududida
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Chorbogʻ okrugidagi koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi va muhokama qilindi
янв.21
Deputat B. Erkaboyev oʻz saylov okrugida
янв.21
Deputat I.Xudaykulov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan oʻzi saylangan okrugda xizmat koʻrsatayotgan “Yangi hudud BK” MCHJ rahbari B.Javliyeva bilan muloqot oʻtkazdi
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 23-“To‘xtamish” saylov okrugidan saylangan deputat Narmuratov Abdunazar Juraevich ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “To‘xtamish” MFY yettiligi a’zolari — mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va soliq inspektorining amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotlari eshitildi:

·📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ko‘rsatkichlar;
·🤝 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, “Ijtimoiy daftar”lar bilan ishlash tizimi;
·👮‍ Jamoat xavfsizligi: Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktik tadbirlar natijadorligi;
·📊 Soliq tushumlari: Mahalliy soliqlar tushumini ta’minlash va moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari.

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputat A.Narmuratov saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10