Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat "MILLENNIUM HOME MAX" MCHJ faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 332-umumtaʼlim maktabida oʻz saylovchilari bilan qabul oʻtkazdi.
янв.21
Deputat "TECHNOPLASTIC" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan yana bir amaliy tashabbus!
янв.21
Deputat o`rni bo`sh bo`lgan Olchazor mahalla fuqarolari murojaati tinglandi
янв.21
🇺🇿 Deputatlar Yangihayotda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichini oʻtkazilishida ishtirok etishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi masʻul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida 2026-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulovning oʻz saylov okrugi “Marhamat” mahallasida navbatdagi sayyor qabuli
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulov oʻz saylov okrugi
Faoliyat o‘rganildi

Faoliyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullaeva “Karomon” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning ijrosini ta'minlash, xususan, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini yaqindan o‘rgandi.

Tashrif doirasida “Karomon” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim Zuhra Jumaniyozovaning kunduzgi ishlari, fuqarolar bilan muloqot qilish tizimi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand, nogironligi bor va doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar ro‘yxati shakllantirilgani, ularga manzilli va tezkor yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.