Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Deputat D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 332-umumtaʼlim maktabida oʻz saylovchilari bilan qabul oʻtkazdi.
янв.21
Deputat "TECHNOPLASTIC" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan yana bir amaliy tashabbus!
янв.21
Deputat o`rni bo`sh bo`lgan Olchazor mahalla fuqarolari murojaati tinglandi
янв.21
🇺🇿 Deputatlar Yangihayotda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichini oʻtkazilishida ishtirok etishdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi masʻul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida 2026-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulovning oʻz saylov okrugi “Marhamat” mahallasida navbatdagi sayyor qabuli
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati B. Mirzoqulov oʻz saylov okrugi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining «Yangi Darxon» saylov okrugi deputati Z. Xudoyqulova mahallada navbatdagi sayyor qabul va yuzma-yuz muloqotni o‘tkazdi.
“Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Madjidov tomonidan Yashnobod tumani “Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘roviga Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S.Q. Suvonqulov tomonidan yuborilgan murojaat hamda “Parvoz” mahallasida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar asos bo‘lgan. Xususan, 86- va 306-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash zarurati fuqarolar tomonidan bildirilgan.

🔺 Murojaatlarda mazkur ikki maktabgacha ta’lim tashkiloti yonma-yon joylashgani, hudud bolalar suzish havzasi hamda aholi zich istiqomat qiladigan hududga tutashgani qayd etilgan. Shu sababli ushbu manzilda avtomobillar harakati serqatnov ekani ta’kidlangan.

📉 Ayniqsa, ertalab ota-onalar farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga olib kelishi va kechki vaqtda olib ketishi jarayonida piyodalar hamda avtomobillar harakatining kesishishi natijasida xavfli vaziyatlar yuzaga kelayotgani ma’lum qilingan.

🔎 Hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirilganda, 86- va 306-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida tegishli yo‘l belgilari hamda piyodalar o‘tish joylarini belgilovchi yo‘l chiziqlari mavjud emasligi aniqlangan. Bu esa, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi bolalar va ularning ota-onalari xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgani qayd etilgan.

⚠️ Shuningdek, yo‘l harakatining tegishli tartibda tashkil etilmagani ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmasligi, piyodalar va haydovchilar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgani bildirilgan. Mazkur muammo yuzasidan ota-onalar tomonidan avval ham murojaatlar qilingan bo‘lsa-da, hozirga qadar amaliy choralar ko‘rilmagani deputatlik so‘rovida qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Inomjon Madjidov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyevdan mazkur hududdagi yo‘l harakati holatini mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganish so‘ralgan.

🚦 Deputatlik so‘rovida zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish, piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish, tegishli yo‘l chiziqlarini chizish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan boshqa zarur choralarni ko‘rish masalalari alohida qo‘yilgan.

♻️ Shuningdek, A.A. Baxtiyevdan amalga oshirilgan ishlar va o‘rganish natijalari yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari hamda boshqa piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan mazkur masala deputat Inomjon Madjidov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1