Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi to`g`risida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 8-"Marhamat" okrugsh deputati Mirzoqulov Baxtiyor Tolibovich faoliyati toʻgʻrisida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari X.Kuchkarova va X.Dadabayevlar faoliyatidan
янв.21
Ikkinchi chaqiriq Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining yettinchi sessiyasi to‘g‘risida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari faoliyati to`g`risida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari Akbarov Nariman Xasanovich va Xursandova Dilshoda Abdullayevnalarning hududlardagi o`rganish jarayonlari
янв.21
6-Yangihayot okrugi deputati Xursandova Dilshoda Abdullayevnaning deputatlik faoliyati toʻgʻrisida
янв.21
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining deputati Abdullayeva Oydin Utamuratovna va Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Dadabayev Xasanjon Mamarkarimovichning Murojaatlar yuzasidan olib borilgan o`rganish jarayonlari to`g`risida
янв.21
Yangihayot tumani Marhamat mfy 8-okrug deputati B.T.Mirzoqulovning 332-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari bilan uchrashuvi to`g`risida
KORRUPSIYADAN XOLI HUDUD YARATAMIZ.

KORRUPSIYADAN XOLI HUDUD YARATAMIZ.

 Biz hammamiz odamlar orasida yurtimizning tobora rivojlanib borishi, Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi qulay hayot, ularda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqidagi suhbatlarga duch kelib qolamiz. Internet zamonida yashaymiz, hozir yutub va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali rivojlangan davlatlar haqidayam, qoloq, rivojlanishdan orqada qolib ketgan davlatlar aholisining hayoti haqidayam hohlagan axborotni yoki videolarni olib ko‘rish va tanishish imkoni yetarli.

Shuningdek, rivojlangan davlatlar yoki boshqa xalqlarning iqtisodiy hayoti haqidagi materiallarni ko‘rish mobaynida ham bu davlatlarning shu darajada yuqori pog‘onalarga chiqib ketishiga sabab nima ekani haqida bosh qotirsak, qayerdaki korrupsiya avj olsa u yerda taraqqiyotga to‘siqlar ko‘payib ketishi haqida fikrlarga duch kelamiz. Korrupsiya rivojlangan joyda rivojlanish bo‘lmaydi, degan haqida ko‘p ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yuradigan iboradir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etgani va mazkur yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilangani ham juda ko‘pchiligimizning yuragimizda bu borada qilinayotgan va qilinishi rejalashtirilayotgan ishlarga yana bir bor xayrixohlik uyg‘otdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi 11-Emalach saylov okrugi deputati Tavboyev Azamat Qo'shboqovich.

Slide 1 of 1