Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_fuqaro_qabuli   📌 Har bir murojaat eʻtiborda: Deputat X. Tillayev fuqaroning muammosini shaxsan oʻrgandi
янв.21
📌 Aholi muammolari eʼtiborsiz qoldirilmaydi: Yangihayotda aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi!
янв.21
“Inson qadri uchun” -Deputat, tuman hokimi X.Inogamov navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining sport inventarlarini oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining tashabbusi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi quriladi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
📌 Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda: Deputat va masʻullar hududda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2025-yil 21-iyundagi 1-14-220-F/25-sonli farmoyishi ijrosi taʼminlanmoqda
“Aylanmajar” mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati F.Xujamberdiyev “Aylanmajar” mahalla fuqarolar yig‘inida ichki ko‘chalari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlarni tahlil qilindi.

O‘rganish davomida Toshloq tuman Kengashining 2026-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII - 21- 34 - 11 -160 - K/26-sonli qarori ijrosi holati o‘rganildi.

Mazkur dastur doirasida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash, shuningdek, aholi uchun qulay hamda xavfsiz transport harakatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning belgilangan manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining sifati va ishlarning amaldagi holati ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2