Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi 🌸 “SENING TASHABBUSING — SENING KELAJAGING UCHUN”: YANGIHAYOTDA QIZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Muammo oʻz vaqtida bartaraf etildi: Yangi Umid mahallasida tabiiy gaz tarmogʻidagi nosozlik toʻliq bartaraf etilib, xonadonlarga gaz berildi!
янв.21
"Xushnud" mahallasida deputatlik nazorati oʻz samarasini berdi!
янв.21
✏️Bolalar maydonchasi ta’mirlanib, deputat so‘rovi ijrosi ijobiy hal qilindi
янв.21
👥 DEPUTAT VA NURIYONLAR HAMKORLIGI - BANDLIK VA DUNYOQARASHNI O‘ZGARTIRISH YO‘LIDAGI MULOQOT
янв.21
KO‘P QAVATLI UYNING ZILZILABARDOSHLIGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILMOQDA
янв.21
💼 Imtiyozli kreditlar natijadorligi: deputat yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
янв.21
"Xushnud" mahallasidagi muammo deputat nazoratida!
янв.21
🔍 KAMCHILIKLARNING BARTARAF ETILISHI QAYTA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 Tumanimizning Yangi Gulzor mahallasidagi 335-maktab deputat tomonidan o‘rganildi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda

Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov “Majnuntol” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Hamidova Dilfuza xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy sharoiti, turmush holati hamda mavjud muammolarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, dastlab oila a’zolari psixolog ko‘rigiga yo‘naltirilib, oiladagi ma’naviy-ruhiy muhitni yaxshilashga ko‘maklashilgani, markaz yuriskonsulti tomonidan esa oilaning huquqiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Shuningdek, oilaning moddiy ahvoli o‘rganilib, tegishli ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Fuqaro Dilfuzaning qiziqish va qobiliyatlari inobatga olinib, u doimiy ish bilan ta’minlangan, farzandi esa ta’limga jalb etilgan. Bundan tashqari, oilaga homiylik asosida moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Bugungi kunda oiladagi moddiy va ma’naviy muhit barqarorlashgani qayd etilib, xonadon sohibasi bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. 

Suhbat davomida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, daromad manbalarini kengaytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jumladan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun mavjud imtiyozli kredit imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqiy asoslar ham e’tiborga olindi.

Muloqot davomida fuqaroning taklif va murojaatlari tinglanib, oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning izchil davom ettirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Aholini kambag‘allikdan chiqarish — nafaqat moddiy yordam ko‘rsatish, balki har bir oilaning imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, barqaror daromad manbaini yaratish hamda munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan tizimli jarayondir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 6