Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol

AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Kamolitdin Azizov hamda Sanjar Djalalov tomonidan mahalliy Kengash deputatining eng muhim 24 talik tavsiyalari ijrosi asosida tumandagi 26-oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🤔 Shuningdek, 26-oilaviy poliklinika bosh shifokori hamda tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📝 Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 5