Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Yangi bog‘ mahallasida ichimlik suvi loyihasi ijrosi o‘rganildi

Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarda yillar davomida to‘planib kelayotgan infratuzilmaviy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi VII-20-13-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shaharning turli hududlaridagi dolzarb muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan qator loyihalar belgilangan. Jumladan, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish kabi yo‘nalishlarga mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganish Kotibiyat mudiri A.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi, deputat A.Mahkamov, doimiy komissiya a’zosi S.Azizov hamda mahalla faollari ishtirokida Yangi bog‘ mahallasining Usta Olim ko‘chasida olib borildi.

O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mazkur hududga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha belgilangan loyiha ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda loyiha doirasidagi qurilish-montaj ishlari boshlangan va belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida Usta Olim ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish ko‘zda tutilgan.

Joylardagi o‘rganish jarayonida nafaqat ishlarning boshlangani, balki ularning sifatli bajarilishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan loyiha ijrosi kelgusida ham nazorat qilib borilishi, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bunday infratuzilmaviy loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratish bilan birga, mahalliy Kengashlarning qarorlar ijrosi ustidan nazoratini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7