Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugungi sessiyada xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi sessiyasida Yangihayot tumani mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Maxmudovning hisoboti tinglandi.
янв.21
#35_Sessiya 🏛 Yangihayot tumanida mahalliy budjet mablagʻlaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-chaqiriq 35-sessiyasida ekspertlardan A.Sariboyev va S.Yusupovlar ishtirok etmoqda.
янв.21
#35_Sessiya Xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik: Yangihayot tumani deputatlari saylovchilar oldida axborot berishadi!
янв.21
#35_Sessiya 🏢 Yangihayot tumanida infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikni taʻminlash yoʻlida muhim qadamlar!
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI
янв.21
🌟 Deputat nazorati: 581-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida xavfsiz muhit va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlari davom etmoqda
янв.21
🏢 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi doimiy komissiyalari qarori ijrosi nazoratda!
янв.21
🏢 Yangihayot tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun ijrosi oʻrganildi
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni

Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
Har qanday qurilish loyihasining muvaffaqiyati faqat yangi bino yoki zamonaviy jihozlar bilan o‘lchanmaydi. Uning asosiy mezonlari — bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklardir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati N. Ismatova «Agrobank» ATB Do‘stlik filialida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan joyida tanishdi. O‘rganish jarayonida ishlarning loyiha talablariga mosligi, qurilish materiallarining sifati va mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi diqqat markazida bo‘ldi.
Deputat qurilish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Chunki muddatlarning cho‘zilishi nafaqat xarajatlarning oshishiga, balki aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining qulayligiga ham taʼsir qiladi.

Slide 1 of 3